Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk hukumat qarori bilan Ukrainada 1 sentyabrdan eng kam oylik ish haqi va yashash minimumi miqdori oshishini e'lon qildi. Bu haqda RIA "Novosti” ma'lum qildi.
Yatsenyuk amaldagi qonunga ko'ra yashash minimumi va eng kam oylik ish haqini 1 dekabrdan oshirish rejalashtirilganligini aytdi. Biroq Yatsenyuk "yashash minimumi va eng kam oylik ish haqini oshirish uchun moliyaviy zaxira qidirish” bo'yicha ish olib borilganini va 1 sentyabrdan buni amalga oshirishga muvaffaq bo'lingani ta'kidlab o'tdi.
Yatsenyuk ushbu qaror prezident bilan
birga qabul qilingani va bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun 10 mlrd grivna talab qilinishini aytdi.
Ukraina parlamentiga
qariyb 12 mln ukrainalikka ijtimoiy standartlarni ko'tarishni nazarda
tutuvchi qonun loyihasi ko'rib chiqilish uchun kiritilmoqda.