Avtomobil ishlab chiqaruvchi Toyota Motor korporatsiyasi 11 sentyabr kuni Yaponiyadagi 3ta zavodini ro'y berayotgan kuchli suv toshqinlari tufayli yopib qo'yishga majbur bo'ldi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.
Ayni vaqtda trevoga holati e'lon qilingan Miyagi prefekturasida 2ta zavod va Ivata prefekturasida bitta zavod ishlamayapti.
Kuchli yomg'irlardan keyin Sibugava daryosining o'z qirg'oqlaridan toshishi Miyagi prefekturasida joylashgan Osaki shahri ko'chalarini suvga to'ldirgan.
NHK telekanali ma'lumotlariga ko'ra, bu xavfli hududlarda bir ming nafardan ortiq evakuatsiya qilinmagan kishilar qolmoqda.
Dzyoso shahrida esa Kinguva daryosining toshishidan keyin yuzaga kelgan holat tufayli 25 kishi bedarak yo'qolgan. Bu shaharda 32 kv km maydon suv ostida qolgan va 7 mingdan ortiq uy bundan shikastlangan.
Yaponiyaning sharqiy hududlarida "Etau" bo'ronidan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlari Ibraki va Totigi prefekturalariga ham ta'sir qilgan.
Hududlardan deyarli 1 mln kishi evakuatsiya qilingan, 1 kishining o'limi va 28 kishining jarohatlangani tasdiqlangan.