У нас есть только
оригинальные песни

Yagona portalda STIR guvohnomasini berish xizmati ishga tushdi

calendar 19.07.2018
773

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki STIR ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xizmat orqali identifikatsion raqamlarni aniqlash, shuningdek, STIR ma’lumotlarini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish mumkin. Murojaat yuborilganidan so‘ng STIR guvohnomasi elektron ko‘rinishda pochta manziliga taqdim etiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun pasport nusxasi (yashash joyi ma’lumotlari bilan) kerak bo‘ladi.

Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchiga identifikatsion raqam (STIR) berish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish uchun jismoniy shaxs:

1. Tegishli amalni tanlaydi (hisobga qo‘yish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish);

2. Ariza shaklini elektron to‘ldiradi;

3. Skanerlangan pasport nusxasini yuklaydi;

4. Doimiy yashash manzili bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasiga elektron arizani yuboradi.

Mazkur jarayondan so‘ng, 3 ish kuni davomida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgani bo‘yicha guvohnomani elektron pochta manzilidan olish mumkin bo‘ladi.

Endi familiya yoki shaxsiy pasport ma’lumotlarini o‘zgartirganlar STIRni o‘zgartirish uchun soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga tashrif buyurishi talab etilmaydi. Endilikda ma’lumotlarni my2.gov.uzorqali yoki Davlat xizmatlari markaziga borib o‘zgartirish mumkin.

Яндекс.Метрика