Xonanda
Sogdiana yana sahnaga qaytishi haqida o‘zining shaxsiy saytida xabar bergan.
Men uchun
juda muhim bo‘lgan yangilikni sizga yetkazishni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz
qo‘shiq chiqishini kutib, so‘nggi daqiqagacha buni sir tutishga harakat qildik.
Ammo barchasi o‘z vaqtida bo‘lishi kerak. Do‘stlarim, men yana siz bilan
birgaman! Hozir o‘zimning hissiyotlarim, quvonchimni ifodalashga qiyinchilik
bilan so‘z topyapman, — deb yozgan Sogdiana.
Sogdiana o‘zining xabarida avvalgi jamoasi bilan yana birga ishlayotgani va tez orada "Chaqmoq” ("Molniya”) qo‘shig‘i chiqishini ma’lum qilgan. Shuningdek, ushbu ashulaga klip suratga olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidlagan; yana gastrollarga chiqishni boshlaganini qo‘shimcha qilgan.