Xonanda Lolaning ham litsenziyasi to'xtatildi
14.07.2015 4381
Xonanda Yuldasheva Lola Ravshanbekovna tomonidan Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar buzilganligi sababli, xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24 moddalari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 14 iyuldan tugatilganligini ma'lum qiladi.