Xonanda Lola Yo‘ldosheva baxt haqidagi tasavvurlarini izohlab, o‘zini baxtli ayollar safida ko‘rayotganini ma’lum qildi.
“Baxtsiz odamgina baxt nimaligini biladi… Ha, men bu fikrga qo‘shilgan bo‘lardim… O‘zimning go‘zal hayotimda juda ko‘p sinovlardan o‘tmagan bo‘lsam-da, lekin ko‘p to‘siqlarga uchradim. Men og‘riq (dard), ko‘ngil qolishi, qo‘rquv nimaligini bilaman. G‘ururni yerga urishganida… Men qayta oyoqqa turishni, kechirish, anglash va qo‘yib yuborishni bilaman…”, — deb yozdi Lola.
“Men ba’zan hijolat bo‘ladigan darajada xatolar qildim. Lekin, nima bo‘lgan taqdirda ham, men o‘zimni hech qachon baxtsiz his qilmaganman. Men, shunchaki, baxt qadrini bilaman. Muhabbat va hayot katta tuhfa, ba’zan ko‘p mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Qizlar, esingizdan chiqmasin, dunyodagi kichik baxt ham uzoq davom etishi mumkin. Baxtli bo‘linglar!”, — deb qo‘shimcha qildi xonanda.