Xitoy sharqida 9 kishining qotilligida gumon qilinayotgan shaxs qidirilmoqda. Associated Press nashrida yozilishicha, uni tutish uchun 400 nafar politsiyachi jalb etilgan.
Ma'lum qilinishicha, bu qotilliklar Shanxaydan janubi-g'arbdagi Xunan provintsiyasida sodir etilgan. Qayd etilishicha, ushbu qotil yana 4 kishini jarohatlagan.
Xabar qilinishicha, u haqida ba'zi ma'lumotlar aniqlangan, uning shaxsi tasdiqlangan. Qotilning ismi Van Venshen ekani aytilgan.