Spotify musiqiy xizmati o‘zining foydalanuvchilari tanlovini tahlil qilib chiqib, dunyoning interaktiv musiqiy xaritasini chop etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xip-xop qo‘shiqlari, geografik joylashuvdan qat’iy nazar, pleylistlarda boshqa musiqiy janrlarga qaraganda ko‘proq uchraydi.
Spotify musiqiy xizmati 2008-yilning oktabr oyidan ishga tushgan. Uning ma’lumotlar bazasi 20 milliarddan ortiq treklardan iborat bo‘lib, ular har oyda ikki marta yangilab turiladi. Spotify obunachilari soni 20 million kishini tashkil etadi.