Kanadalik harbiy Iroqdagi amaliyotlar vaqtida uzoqqa o'q uzish bo'yicha rekord o'rnatdi. U IShID jangarisini 3540 metr masofadan nishonga olishga muvaffaq bo'ldi. Don't Panic shu haqidagi maqolasi bilan bo'lishdi.
Manbaga ko'ra, snayper TAS-50 miltig'idan foydalangan. O'q nishonga tegishi uchun 10 soniya kerak bo'lgan.
Bundan avvalgi rekord britaniyalik snayperga tegishli bo'lib, u 2009 yilda 2475 metr masofadan tolibon jangchisini qulatgandi.
TAS-50 dunyoning eng yaxshi snayper miltiqlaridan biri hisoblanadi. Mashhur snayper Kris Kayl ham aynan shu quroldan foydalanishni ma`qul ko'rgan.