Ummon konsertlarida bo'sh o'rindiqlar ko'paymoqda. FotoNigoh
20.05.2013 13157
10-mayda bo'lib o'tgan albom taqdimotidan mo'maygina daromat olishni ko'zlagan UMMON guruhidan bu gal omad yuz o'g'irdi. Foydaga nispatan zarar ko'proq... Sotilmay qolib ketgan biletlar... City Makonda ruhsat olisholmaganiyu... Turkistonda qolgan ko'plab bo'sh o'rindiqlar. Bu Ummon guruhining reytingi pasayotganidan dalolatmikan? Yoki...?
Xabaringiz bor 15-may kuni Ummon guruhi Samarqand viloyatida gastrol konsert dasturini taqdim etishdi. Ushbu konsert dasturi haqida deyarli barchangizni xabaringiz bo'lsa kerak. Har yili Samarqandda o'tkazilib kelinayotgan konsert dasturida muhlislar soni juda ham ko'p va hattokki o'rindiq yetmaganidan tik turib tomosha qilganlar ham bo'lgan. Lekin biz Fan Club yig'ilishidan chiqib Mo'jiza amfiteatriga borganimizda umuman o'zgacha vaziyatni kuzatdik. Amfiteatr deyarli bosh o'rindiqlarga to'la edi. Muhlislar soni har qachongidan ham kam. Bunday vaziyat 2 marotaba yuz berayotgan bo'lsada, bizni lol qoldirdi. Xo'sh bunga sabab nima? Konsert dasturi yetarlicha reklama qilinmaganimi yoki Ummon guruhiga rostan ham talab kamayayotganimi? Balki Prodyuserning masuliyatsizligidandir? Xullas ushbu konsert dasturidan Ummon guruhining yigitlari ham lol qolishdi. Chunki Samarqand viloyatida bunday holat birinchi marta kuzatilayotgan edi. Yana bir narsani takislab o'tmoqchiman. Ummon guruhining konsert dasturida boshlovchi deyarli konsert boshidan oxirigacha Ozodbek Nazarbekovning konsert dasturi haqida malumot berib bordi. Ummon guruhining muhlislari ushbu gastrol safarlarining chiptalarini muammosi bilan bog'liq maslalarda hattoki biz bilan bog'lanishdi. Ularning aytishicha, Kassa raqamlariga qo'ng'iroq qilishganda biletlar tugaganligi yoki sotilmiyotganligi haqida xabar olishgan. Lekin konsert zalidagi vaziyat buning umuman aksi bo'lib chiqmoqda. Konsert jarayonidan fotoreportajni o'zingiz ko'rib barchasiga guvohi bo'lishingiz mumkin.