Hozirgi kunda romantik taronalari bilan muhlislar qalbidan joy olgan Ulug’bek Rahmatullev qizg’in ijod pallasida. Kuzda taqdim etiladigan konsert dasturiga ham tayyorgarlik jarayoni avjida. Shu bilan birga muhlislarini ham xursand qilib yangi taronalarini taqdim etib kelmoqda. Hozirgi kunda bir nechta yangi taronalar ustida ish olib borilayotgan bo’lsa-da ulardan birinchi bo’lib taqdim etiladigani bu "Do’st” . Bu tarona shoir va bastakor Alisher Tayr bilan hamkorlikda yaratilgan. Noyabr oyida omma e’tiboriga taqdim etilishi kutilmoqda. Bu taronaning yozilishi tarixi ham mashaqqatli va izlanishlarga boy bo’lib.yangilik kashf etishga muallif intilgan. Bu haqida Alisher Tayr shunday deydi: " Bu qo’shiqni yozayotganimda juda ko’p ikkilanganman. Sababi do’st haqidagi taronalarni xit darajasiga ko’tarilishi va barchaga birdek yoqishi qiyin deb o’ylayman. Shu sababli juda ko’p izlandim, yangilik qilishga harakat qildim. Qo’shiq she’rini bir necha bor yozib, ko’nglim to’lmaganligi sababli yana boshidan yozaverdim. Navoiyli rassom do’stim Jamshid Axmedovga g’oyamni aytib, xomaki variantini eshittirdim. Undan ham do’stlik haqida she’r yozib ko’rishini so’radim. O’zim yozgan she’rlar va do’stimning she’ridan o’zimga yoqqan satrlarni yig’dim. 2 oy ichida bu taronamni butunlay yozib tugalladim. Shu ham alohida takidlab o’tishim kerakki, tarona musiqasida ham ikkilanganman. Chunki xonanda Ulug’bek Rahmatullaev bu taronani eshitishni boshlaganlaridayoq sukunat ummoniga g’arq bo’ldi. Tugagach esa qayta eshitib o’yga toldi va yana bir bor qayta eshitdi. Eng ajablanarlisi va quvonarlisi shundaki, ularning ijodiy jamoalari va atroflaridagi do’stlari bu taronani a’lo baholashdi va Ulug’bek Rahmatullaev ovoz yozish ishlarini boshlab yubordi. Bunda kelib chiqib aytishim mumkin-ki bu tarona barcha uchun kutilmagan va noodaTiy yangilik bo’lishi aniq”.