TeliaSonera kompaniyasi "Еvrosiyo” mintaqasidagi, shu jumladan, O'zbekistondagi faoliyatini ham sekin-asta to'xtatadi. Bu haqda kompaniya prezidenti Yoxan Dennelind axborot berdi, deb yozadi Interfaks nashri.
Kompaniyaning manfaat doirasidagi
"Еvrosiyo” mintaqasiga, O'zbekistondan tashqari, Qozog'iston, Tojikiston,
Ozarbayjon, Moldova, Gruziya va Nepal kiradi.
«Biz bu jarayonni bir
bozordan ikkinchi bozorga o'tkazib boramiz, chunki har bir mamlakatda va
har bir kompaniyada o'ziga xos vaziyat, ammo bizning vazifamiz
oxir-oqibat butun mintaqani tark etishdir”, — dedi kompaniya rahbari.
Joriy yilning iyun oyida TeliaSonera’ga tegishli Ucell kompaniyasi 7 yilligini nishonladi. Ayni paytda uning abonentlari miqdori 8.5 mln kishini tashkil qiladi. Mamlakat bo'ylab kompaniyaning 22 ofisi joylashgan, dilerlik tarmoqlari 2 300dan ortiq savdo punktlarini o'z ichiga oladi.