Twitter ijtimoiy tarmog'i so'rovnomalar yaratish funktsiyasini ishga tushirmoqda. Bu haqda kompaniya bergan xabarda ma'lum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqning istalgan foydalanuvchisi ikkita javob variantidan tashkil topadigan o'z so'rovnomasini yaratishadi. Ovoz berish 24 soat davom etadi. Bu vaqt o'tgandan keyin so'rovnomada ishtirok etgan barcha foydalanuvchilar bu haqda xabar olib, yakuniy natijalarni bilishlari, foydalanuvchilar hech qanday cheklovlarsiz istalgan so'rovnomalarda ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.
Barcha ovoz berishlar anonim qilinadi.
"Agar siz jamiyatning biror narsa
haqidagi, misol uchun itni qanday nomlash, kechki o'yinda kim g'olib
bo'lishi, ularni biror qaror qabul qilishda ko'proq nima
tashvishlantirishi haqidagi fikrini bilmoqchi bo'lsangiz, Twitter bunga
aynan to'g'ri keladi”, deyilmoqda kompaniya xabarida. Funktsiya yaqin
kunlarda barcha operatsion tizimlar – iOS, Android va Twitter.com’ning
desktop versiyalarida paydo bo'ladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoq
"Moments” ("Lahzalar”) funktsiyasining ishga tushirilishi haqida e'lon
qilgan edi, bu funktsiya real vaqt rejimida muhim voqealarni kuzatishga
imkon beradi.