Yaponiyaning Toyota avtokontserni 2050 yilgacha benzinda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarishni butunlay tugatishni taklif qilmoqda. Buning o'rniga, korporatsiya mutasaddilarining fikricha, gibrid mashinalarga o'tish vaqti keldi.
Bu haqda Tokioda bo'lib o'tgan "Toyota 2050 – ekologik muammolar” rivojlanish dasturi taqdimoti chog'ida aytildi. Bunday qadamdan ko'zlangan asosiy maqsad zararli chiqindilar hajmini qisqartirishdir. Kompaniya rasmiylari bu g'oyani davom ettirishga hamda boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga va'da berishdi.
Ta'kidlanishicha, reja amalga oshgan taqdirda 2050 yilga kelib zararli chiqindilar hajmi 2010 yil ko'rsatkichlariga nisbatan 90 foizga qisqarishi mumkin.