У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda yangi Vitamed Medical tibbiyot markazi ish boshlaydi

calendar 18.01.2016
1146

Toshkentda ko'p profilli Vitamed Medical tibbiyot markazi ochiladiyu bu haqda markaz press-relizida so'z boradi.

Markaz klinik radiologiya, laborator, endoskopik, funktsional diagnostika, ambulator-piliklinika tekshiruvlari va davolash, jarrohlik amaliyoti, statsionar davolash, fizioterapiya va davolash jismoniy tarbiyasi, tez tibbiy yordam kabi yo'nalishlarda tibbiy xizmatlarni ko'rsatadi.

Vitamed Medical markazi o'z faoliyatini Hindistonning Medanta shifoxonasi bilan hamkorlikda olib boradi.Markaz zamonaviy davolash-diagnostika va yuqori samarador reabilitatsion jihozlar bilan ta'minlangan.

“Markazimizning “Sog'lom bola va ona” yilida ish boshlayotganidan xursandmiz”, - deydi markaz direktori Farhod Ilhomov. Uning so'zlariga ko'ra, markaz “yagona eshik xizmati” tamoyili asosida ish olib boradi. Ya'ni, shu erning o'zida ko'plab malakali utaxassislar xizmatidan shu joyning o'zida foydalanish mumkin.

Яндекс.Метрика