У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda suv toshqinlari, Samarqandda qor

calendar 18.10.2015
4971

Toshkentda 17 oktyabrda kun davomida kuzatilgan yog'ingarchilik natijasida shahar markazidagi qo'chalar suv bilan to'lib-toshdi. Internetda bu holatlar aks etgan suratlar chop etildi.


Xususan voqea guvohlaridan biri Shota Rustaveli ko'chasida yuzaga kelgan toshqinni suratga olib, uni ijtimoiy tarmoqdagi guruhlardan birida joylashtirgan.


Suratlardan ko'chalar to'liq suv ostida qolib, avtomobillar bu "daryolar”da bamisoli kemalar kabi suzib yurganini ko'rish mumkin. Ariqlar tiqilib, toshib ketgan. Suratlardan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ariqlarni ochib, suvni yurgazib yuborishga harakat qilishayotganlarini ko'rish mumkin.


Foydalanuvchilardan biri kuyunchaklik bilan Toshkentning ba'zi ko'chalarida kuchli yog'ingarchilikdan keyin ahvol doimo shunday bo'lishi, drenaj tizimlari yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qilgan. 1

8 oktyabrda esa Samarqand shahrida "birinchi qor” yog'di. Bu haqda tvitterda izohlar berib o'tildi. Xususan foydalanuvchilardan biri hammani "birinchi qor” bilan tabriklab, qor fonida selfiga tushgan. E'tiborlisi, 18 oktyabr an'anaviy tarzda har yili "Samarqand shahri kuni sifatida nishonlanadigan bu kunda tabiat ham shaharliklarni o'zining "oppoq in'omi” bilan "siyladi”.
Яндекс.Метрика