У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda giyohvandlar makoni fosh etildi

calendar 23.12.2015
1882

Toshkent shahar Olmazor tumani IIB jinoiy qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qora ko'knor” operatsiyasida bir xonadon tekshirilib, uning giyohvandlar to'planadigan makonga aylantirilgani aniqlandi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, xonadon egasi Marat M. tamoman boshqa odamlarni kutib turgan va huquq-tartibotchilarga yanglishib eshik ochgan. Shu tariqa u jinoyat ustida qo'lga tushgan. Oshxonada gugurt qutilariga solingan giyohvand modda topilgan. Sud-kimyo ekspertizasi natijalariga ko'ra bu modda marixuana bo'lib chiqqan.

Tergov chog'ida u marixuanani zangiotalik Bekzod T. ismli shaxsdan olganini aytgan. Bekzodning uyi ham tekshirilib, u erdan gugurt qutilariga solingan marixuana topilgan.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Яндекс.Метрика