У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda dastlabki television tasvirlar namoyish etilganiga 90 yil to‘ldi

calendar 26.07.2018
938

1928-yil 26-iyul kuni, bundan 90 yil ilgari dunyo tarixida birinchi marta Toshkentda dastlabki television tasvirlar namoyish etilgan, deb yozmoqda “Kultura.uz”.

Elektron televideniye tizimi 1928-yili Toshkentda ikki kashfiyotchi B.P.Grabovskiy va I.F.Belyanskiy tomonidan yaratilgan. Tajriba sifatida qo‘llanilgan ilk televizion uskuna o‘sha paytda telefot deb nomlangan.

Grabovskiy 1925-yili telefotni rossiyalik taniqli olim Boris Lvovich Rozingga ko‘rsatgan. Olim esa o‘z ko‘zlariga ishonmasdi. Uning oldida haqiqiy elektron televizor turar edi.

1928-yil 26-iyul kuni soat 12:00 da birinchi rasmiy televizion seans namoyish etildi: komissiya a’zolari telefot ekranida harakatlanayotgan tasvirni ko‘rdi.

Shundan keyin dastlabki telereportaj namoyish etilgan. Apparaturalar “Xiva” kinoteatri yoniga o‘rnatilgan. Telefotning kichik ekranida tramvay harakati namoyish etilgan.

1928-yili Toshkentda yaratilgan tajriba uskunalari rasmiy sinovlar uchun Moskvaga jo‘natilgan. Qutilarga “Ehtiyot bo‘ling, Shisha!”, “Noyob fizika uskunalari!”, “Tashlash mumkin emas!” so‘zlari yozilgan. Nihoyatda ehtiyotkorlik bilan maxsus qutilarga joylashtirilgan Toshkent telefotining Moskvaga faqat siniq parchalarigina yetib boradi.

1950-yilgacha turli tarixiy voqealar televideniye taraqqiyotini ortga surgan. Faqat tinchlik hukm sura boshlagan davrlarga kelibgina xonadonlarda “KVN-49” televizori paydo bo‘lgan.

Boris Grabovskiy 1966-yili vafot etgan.

Яндекс.Метрика