У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent hayvonot bog‘ida uch egiz ayiq dunyoga keldi

calendar 30.04.2016
1923

Toshkent hayvonot bog‘ida istiqomat qiluvchi Tyan-Shan ayiqlari — Pashka va Mashka birvarakayiga uch farzandli bo‘ldi. 15 yoshli ayiqlar juftligi to‘rtinchi marta bolalashi, dastlabki uch safarda ular bir yoki ikki nafardan farzand ko‘rgan edi. Bu haqda, hayvonot bog‘i saytiga asoslanib, “Gazeta.uz” yozmoqda.

Yaqinda ayiqchalar ochiq volyerga ko‘chirildi, endi ularni barcha tashrifchilar ko‘rishi mumkin. To‘rt oyga to‘lgan go‘daklar sutli yorma, qirg‘ichdan chiqarilgan meva-sabzavot bilan oziqlantirilmoqda, shuningdek, sekin-astalik bilan go‘shtga o‘rgatilmoqda.

Bolakaylar dastavval ochiq hududdan qo‘rqayotgan edi, ammo hozirda ular volyer ichida o‘ynab yurgani aytilmoqda.

Яндекс.Метрика