У нас есть только
оригинальные песни

Telegram Apple talabi bilan "qaroqchi" musiqa tarqatayotgan botlarni bloklashni boshladi

calendar 16.12.2015
1185

Telegram messenjeri Apple talabi bilan “qaroqchi” musiqa tarqatayotgan botlarni bloklay boshladi. Bu haqda @vkmusic_bot yaratuvchisi Ilya Samartsev ma'lum qildi.

Ilya Samartsevning so'zlariga qaraganda, 15 dekabr kuni messenjer u yaratgan botni bloklab qo'ygan. Telegram ko'mak xizmatida bu Apple’ning litsenziyasiz kontentni cheklash borasidagi talabi bilan bog'liq ekanini ma'lum qilishgan.

Telegram’ning Android versiyasida botlar to'liq ishlamoqda. Avvalroq iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalarga mo'ljallangan “VKontakte” ilovasi ham Apple talabi bilan musiqa bo'limidan mahrum bo'lgan edi.

Яндекс.Метрика