Odamning ko‘nglini xira qiladigan bir holat bor: zudlik bilan kimgadir qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak. Darhol telefoningizni qo‘lga olasiz va ko‘rasizki, quvvati atigi 2 foiz qolgan, xolos. Asabbuzarlik, sarosima, vahima. Quvvatlantirish mumkin bo‘lgan joyni qidirib qolasiz. Topa olsangiz, «mechkay» smartfoningizni quvvatlantirasiz. Aks holda…
Aytgancha, mobil telefoningiz tez-tez quvvat manbaiga biriktirasizmi? Quvvati tez tugaydimi? Bilasizmi, buning ma’lum sabablari bor.
Mutaxassislar nima uchun mobil qurilmasining quvvati tez tugashiga sabab bo‘luvchi 7 ta holatni keltirib o‘tishdi:
Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, telefon batareykasidagi maksimal quvvati miqdori 30 foizdan 80 foizgacha. Yaxshisi, qurilmangizning quvvatini ana shunday miqdorda saqlash uchun kuniga bir necha marotaba manbaga ulang.
Doim akkumulyatorning eng past darajaga tushishi yaxshi emas. Qurilmani bunchalik «ekspluatatsiya» qilmang. Ekspertlarning aytishicha, akkumulyatorni faqat ikki oyda bir marta 0 foizga tushirib, o‘chib qolguncha ishlatish kerak. Bu profilaktika uchun ham zarur. Biroq bu doimiy bo‘lmasligi shart. Qaytaramiz ikki oyda faqat bir marta.
«iPhone» va boshqa qurilmalar ekstremal baland haroratni yaxshi ko‘rmaydi. Telefonni o‘ta sovuq (noldan past) va 35 darajadan yuqori haroratda ishlatmang. Qurilmani jazirama yoz issig‘ida deraza tokchasida, qahraton qish payti mashinadan qoldirmaslikka harakat qiling.
Va siz mobil qurilmangizni har kun shunday uslubda quvvatlantirayapsizmi? Bilsangiz, simsiz zaryadlash qurilmasi batareykani qizdirib yuboradi.
Agar telefoningiz quvvatlash chog‘ida yumshoq ko‘rpachaning ustida bo‘lsa, tez qizib ketadi. Quvvatlantirish paytida qurilmani stol yoki tumba ustiga qo‘yishga harakat qiling.
Ko‘pchilikda qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan «zaxira» telefoni bor. Uning doim «to‘yingan» holda bo‘lishi — katta xato. Agar siz uni faol ishlatmasangiz, telefon quvvati 50 foizdan yuqori bo‘lib turishining o‘zi kifoya.
Muammo shundaki, ko‘pchilik qurilma uchun eng arzon qo‘shimcha shnur sotib oladi. Bilib oling, aksariyat akkumulyatorlarning asosiy «qotili» ham «begona» shnurlar bo‘ladi.