У нас есть только
оригинальные песни

Taqvim yordamida qanday qilib vaqtdan unumli foydalanish mumkin?

calendar 04.03.2018
877

Taqvim (kalendar) vaqtga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga yordam beradi. Bunda faqat o‘zingizga mos keluvchi yo‘lni tanlab olishingiz kerak.

Bir daqiqa ham rejalashtirilmagan vaqt qoldirmang
Hammasini daqiqalar bo‘yicha hisobga oling. Taqvimga kiritilmagan vazifaning o‘zi yo‘q deb tasavvur qiling. Unga ishni, qiziqishlarni, jismoniy mashg‘ulotlar va umuman har qanday ishlarni qayd qiling. Hayotning har xil sohalarini har xil ranglar bilan belgilang.

Albatta, bunday uslubning ba’zi kamchiliklari ham bor. Unda:

har bir ishga aynan qancha vaqt ketishini aniq belgilash mumkin;
kutilmagan holatlar bo‘lmaydi
deb faraz qilinadi.

Bu haqiqatga unchalik yaqin emas. Lekin buning yechimi bor. Taqvimga kutilmagan ishlar uchun vaqt oraliqlari qo‘shing.

Har bir vazifaga 50 foiz ortiqcha vaqt qo‘shing
Taqvimga ishni odatdagidek kiriting, keyin esa bajarish muddatini 50 foizga uzaytiring. Bu vaqt zaxirasini vazifaning oldidan, undan keyin yoki ikkiga bo‘lib qo‘shing. Masalan:

Skype’da amalga oshiriladigan yarim soatlik suhbatdan keyin qo‘shimcha savollar uchun 15 daqiqa qo‘shing.
Bir soatlik yig‘ilishga — tayyorlanish va muhokama uchun 15 daqiqadan vaqt qo‘shing.
45 daqiqalik tushlikka — ofisga bemalol qaytib kelish uchun 20 daqiqa qo‘shing.
Agar qo‘shimcha vaqtingiz bo‘lsa, tirbandlikda yoki uchrashuvda ushlanib qolsangiz ham asabiylashmaysiz.

Bir kunda bir soat vaqtni shaxsan o‘zingiz uchun ajrating
Bir soat yoki hatto yarim soat vaqt ichida ancha ko‘p ishlar qilish mumkin. Buni kechqurunga qoldirmang. O‘zingiz uchun muhim bo‘lgan ishni ertalabdan bajaring. Shunda kunduz kunlari vijdoningiz qiynalmaydi.
Яндекс.Метрика