Hozirda o'zbek shou-biznesiga nazar solar ekanman bir tarafdan kundan kunga yangi san'atkorlarni ko'payotganini ko'rib xursand bo'lsam, xammayoq fonagramma va kompyuter bo'lib ketayotgani ko'rib judayam hafa bo'lib ketaman. Misol uchun olaylik shu yili 40 dan ortiq san'atkorlarimiz o'zini yakkaxon konsert dasturini berishdi. Lekin o'sha 40 ta konsert dasturidan faqat 1 ta Jaxongir Otajonovning konserti jonli edi. Lekin yagona jonli konsert dasturi xaqida Sayyoddan tashqari hech bir jurnalis yozmadi. Qolganlar konsertida 100% fonagarammadan foydalanilgan. Men tushunmayman yakkaxon konsertda xam fonagrammadan foydalanish bu nimasi ? Axir yakkaxon konsertda san'atkorlar muxlislariga imtixon topshiradiku. Konsertda fonagrammadan foydalanish imtixonda shpargalgakadan foydalanish deganday gapda. Mana kecha 17-sentabr kuni yoshlarni sevimli guruxi ''Ummon'' guruxi konsert berdi. Tv markazda rosa reklama qildi . Yana katta qilip konsertda qo'shiqlar fonagramma orqali ijro qilinadi deb yozib qo'ygan. Konserda qo'shiqlar fanagramma orqali ijro qilinadi emish. Fonagrammada hech narsa ijro qilinmiydiku, aksincha nafas xam omey turiladi fonagrammadan foydalanish bilinmasin deb, fonagrammada faqat og'iz qimirlatib turadi. Shuning uchun fonagramma orqali ijro qilinadi emas og'iz qimirlatadi deyilsa to'g'riroq bo'lardi Lekin "Ummon" fonagrammada beriladigan konsert haqida hamma jurnalistlar yozdi. Bunga sabab ''Ummon'' guruxi xaqida yozsa ko'pchilik o'qiydida. Ummon guruxi orqali soxta obro ortirish. Agar vijdoni bo'lsa tan olsin buni. Jurnalistlar xam shu muammolarga etibor qaratib fonagramma muammosini ko'tarip chiqsa yaxsì bo'lardi faqat karyerasini o'ylamasdan. Shunda haqiqiy san'atkorlar ajralip chiqib haqiqat qaror toparmidi. Boshqa davlatlarda yakkaxon konsertlarda fonagrammadan foydalanish taqiqlangan. Agar konsertda fonagramadan foydalansa muxlislar qo'liga kirgan narsani otvoradi xalqni aldama deb saxnadan xaydab yuboradi. Bilasizmi bunda biz muxlislarni xam aybi bor talap qilmaymiz jonli ijroni. Yana san'atkorlarimizga nega jonli konsert bermaysizlar deb jurnalistlar savol bersa bizda texnika yetishmaydi deb javob beradi. Kechirasizlar bu baxona xolos. Yulduz Usmonova bundan necha yillar oldin 23 kunlap jonli konsert bergan texnikani baxona qilmasdan. Yana men jonli kuylay olaman deb xam qo'yishadi. Jonli kuylay olish bilan jonli konsert bera olishni katta farqi bor Musiqasiz bir ikkita qo'shiqni xamma xam jonli kuylay olishi mumkun. Jonli konsertda esa ham jonli kuylap, ham chalinayotgan 10 dan oshiq instrumentlardan chiqayotgan musiqa eshitip notaga tushush va slux kerak. 2 soat mobaynida 20 dan oshiq qo'shiq matnini yoddan bilish kerak. Jonli konsertni faqat haqiqiy san'atkorgini bera oladi. Keyin jonli konsert berish uchun musiqiy bilim kerak. Hozir ko'pchilik honandalar nota o'qishni bilmidi. Tog'ri xozir konsertlarda san'atkorlarimiz ajoyip shou, dekaratsiya va chiroyli konsertlarni uyushtiryapti. Lekin men uchun bu narsalar ikkinchi darajali mayli konsert oddiyroq bo'lsa xam jonli bo'lgani muxum. Xo'p fonagrammada konsert berishlarga xam chidash mumkun. Bazi bir chet el qo'shiqlarini ko'chirayotgan san'atkorlarga nima deyish mumkun. Masalan Mavluda Asalxo'javani 90% qo'shiqlari turk xonandalaridan ko'chirilgan. Mavlupa opasimiz men og'rimasman ulardan qo'shiqlarni pulga sotib olaman deydi. Qiziq istedodni qanchaga sotib olsa bo'ladi. Ummon guruxini oxirgi chiqqan '' Qanday unutding'' qo'shig'i inglizcha qo'shiqdan ko'chirilgan, bu gapimi isboti bor bu tuxmat ko'ra olmaslik emas, ishonmasez original versiyasini eshitib ko'ring. Hilola Hamidovani '' Arazchi" qo'shini eshitib tog'risi kulgum keldi. Hilola Hamidova ko'chirmachilik xam evi bilan. Bu ko'chirilip siyqasi chiqqan xindcha qo'shiqku. Shu xindcha qo'shiqni Shaxlo Rustamova xam ko'chirip aytgandi. O'zi umuman nega kimnudur qilgan mexnatini ko'chirip foydalanish kerak bu og'rilikku. Nima bizi o'z o'zbek san'atimiz yo'qmi? Kerak bo'lsa xorij honandalari silarni qo'shiqlarizni ko'chirsin. Yana buni tan olishmidi dunyoda faqat 7 ta nota bor deb qo'yadi...
Yana bilasizmi ayniqsa xozirgi ayol san'atkorlarimiz san'atidan ko'ra ko'proq tashqi ko'rinish yani imijlariga ko'proq axamiyat beradilar. Tog'ri san'atkor chiroyli ko'rinishi oddiy odamlardan ajralip turishi kerak. Lekin eng birinchi baribir istedod bo'lish kerak. Salonga biroz kamroq borip, salonga ketadigan vaqtizni vakaldan dars olgani yani san'atga sarlasez yaxshi bo'lardi. Yana san'atkorlarimiz nimagadur chet el san'atkorlariga taqlit qiladi. Masalan Rayxon Beyonce va Maykil Jeksinga taqlit qilsa Zebo Kristina Agelyeriga taqlit qiladi. Ziyoda xam oxirgi paytda Shakirani ovoziga taqlij qilayotganday tuyulyapti. Tog'ri kimdandur biron nima o'rganish kerak lekin ko'chirish kerak emas. Sizlar uchun san'atkorni tashqi ko'rinishi muxummi yoki istedodi? Konsertlar oddiy bo'lsa xam jonli bo'lgani muxummi yoki zo'r shou dastur bo'lib fonagrammada bo'lgani afzalmi? Fiklaringizni izoh o'rnida qoldirishingiz mumkin...