У нас есть только
оригинальные песни

Stress hazm qilish tizimiga ta`sir qiladimi yoki yo'q?

calendar 29.01.2018
1008

Stress holatida ba`zi odamlarni qorin og'rig'i bezovta qiladi, yana birovning tomog'idan hech nima o'tmaydi. Reaksiyalar turlicha, shunday ekan, "Layfxaker" ekspert -  gastroenterolog Anna Yurkevichning bu boradagi fikrlariga qiziqdi. 

Stress nima? Kim uchundir bu - metroda harakatlanish, yana birov uchun - samolyotda parvoz qilish. Har qanday holatda ham vegetativ asab tizimi ta`siri ostida oshqozon-ichak trakti jabrlanadi. 

Vegetativ asab tizimi ichki organlar faoliyati uchun javob beradi, u avtonom va doimiy ravishda ishlaydi. Biz fikr kuchi orqali ichaklar, oshqozon va boshqa organlar  faoliyatiga ta`sir o'tkaza olmaymiz. Shuning uchun xohlaymizmi-yo'qmi, xavotirlarga javoban stress gormonlari (masalan, adrenalin) ishlab chiqariladi.

Uning ta`siri ostida oshqozon-ichak trakti mushaklari bo'shashadi, motorika sekinlashadi, sfinkterlar qisqaradi. Stressdan keyin o'ng qovurg'a ostida og'riq paydo bo'lishi sabablaridan biri ham shunda. 

Hazm qilish tizimiga keladigan bo'lsak, stress vaqtida gormonlar ta`siri ostida "ur yoki qoch" rejimi yoqiladi. Qonning asosiy oqimi yurak, miya, mushaklarga boradi (har ehtimolga qarshi qochishga ulgurish yoki qarshilik ko'rsatish uchun). Bunday holatda oshqozon-ichak traktiga kerakli miqdordagi qon yetib kelmaydi, shunday ekan, ovqat hazm qilish jarayoni ham sekinlashadi. 

Яндекс.Метрика