У нас есть только
оригинальные песни

Silindr shaklida o‘rash mumkin bo‘lgan sensorli planshet yaratildi

calendar 04.09.2018
1768

Kanadaning Qirollik universiteti huzuridagi laboratoriyada o‘rab, silindr shakliga keltirish mumkin bo‘lgan sensorli qurilma yaratildi, deb yozadi Sputnik.

MagicScroll 7,5 dyuymli 2K egiluvchan displey bilan jihozlangan bo‘lib, u 3D-printer yordamida yasalgan silindr atrofiga o‘raladi. Qurilmaning barcha asosiy qismlari silindr ichida joylashgan, foydalanuvchi uni telefon trubkasi kabi qo‘lida tutishi yoki butun displeyni ochishi mumkin.

“Biz qadimiy qog‘oz o‘ramlaridan ilhomlandik, chunki ularning shakli uzun vizual grafikalarni tabiiy ravishda, uzluksiz namoyish qilish imkonini beradi”, — dedi laboratoriya direktori Roel Vertegaal.

 

Яндекс.Метрика