O'zbek estrada san'atida o'zining go'zalligi va xushovozi hamda
ajoyib qo'shiqlari bilan doimiy ravishda porlab turgan Shahzoda yaqin
kunlarda o'z muxlis va muxlislariga yangi yil sovg'asini taqdim etadi.
Yaqindagina "Ayrilamiz” taronasini muxlislar hukmiga havola qilgan
Shahzoda ushbu qo'shiqqa klip ishladi. Ma'lumki, xonanda libos tanlashda
milliylik, qulaylik bilan birga jahon moda olamidagi eng so'nggi
yangiliklardan foydalanadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, uning har bir
chiqishi ko'pchilik uchun yangilik bo'ladi va shov-shuvga aylanadi. Bu
safar ham Shahzoda o'ziga xos nafis did ila romantik kayfiyat bahsh
etuvchi ko'rinishni tanladi.
Klipda kumush qishning ziynati aks etuvchi bu obraz ko'plab muxlislarga
ham ma'qul kelishi aniq