«Senga oshiqman» serialidan qutuldik. Afsuski davomi bor ekan
20.09.2015 8240
Mana bir necha oydirki «Yoshlar» telekanali orqali namoyish
etilayotgan «Senga oshiqman» nomli hind seriali vatandoshlarimizni ekran
qarshisiga mahkamlab qo’ygan. Asosan ikki oshiq (Shakti Arora) Ranveer
va Ishanining (Radhika Madan) tengsiz muhabbatini ko’rsatish barobarida
hind xalqining urf-odatlari, yashash tarzi, qarindosh-urug’chilik
munosabatlari, mehr-oqibat, chin muhabbat, ezgu amallar kabi samimiy
hususiyatlari ham yaqqol ko’rsatib berilgan. Bular orasida qalbi daryo
o’zbek xalqining ko’pgina fazilatlariga o’xshashlik bor. Shuning uchun
bo’lsa kerak muxlislar bu serialni iliq qarshi oldilar. Ota-onaga
hurmat, yorga sadoqat, do’stlik, yor-u birodarlar uchun jonini ham
ayamaslik bu kabi ulug’ qadriyatlar aynan bizniki bilan hamohang. Bu
serialga, ayniqsa bosh qahramon Ishanining fe’l atvoriga havas qilgan
Qashqadaryolik ota dunyoga kelgan qiz farzandiga xatto Ishani deb ism
qo’ydi. Xalqimiz serialning voqea rivojlariga qiziqib, ulardagi yaxshi
fazilatlarni o’zlashtirayotgani quvonchli hol. Lekin ko’cha-ko’yda,
insonlar davrasida serialni tomosha qilish paytidagi telekanal tomonida
namoyish etiladigan uzoq muddatli reklamalarga e’tirozlar anchagina.
Serial boshlanganidan so’ng, darhol reklamalar ham boshlanadi rosa 10
daqiqa davomida e’tibor bersangiz naq 20-25 ta reklama. Kanal
logotipining musiqali tarzdagi reklamasini o’zi 1 daqiqiga cho’ziladi-ya
deya achchiqlanyapti odamlar. «Artel» televizorlarining maxsus
reklamasiga hech e’tibor berganmisiz? «Televizor buzildi, do’stlar esa
endi yo’q», mana sizga o’zbek xalqining ming yillar davomida shakllanib
kelayotgan do’stlik munosabati. Erta tongdan lapsha iste’mol qilish,
hali dunyoga kelmagan chaqaloqning ona qornida bir banka chocotellani
paqqos tushirishini esa umuman aqlga sig’dirib bo’lmaydi. Uning ustiga,
kir yuvish kukunining reklamasi-ku hammasidan ham o’tib tushgan. To’yiga
3 soat qolganida kelinlik libosini yuvar emish, u ko’ylak qanday qilib
bunday tez qurishi mumkin. Salonlarda maxsus vositalar yordamida bir
necha etapda yuviladiga libosni uy sharoitida qanday qilib yuvish
mumkin? Aqlbovar qilib bo’lmaydi. Yana qancha dori-darmon, shirinlik
mahsulotlari, mobil operatorlar, ichimliklar, maishiy jihozlarning
reklamalari. Ularning deyarli hammasi esa chet el reklamalaridan
shundaygina ko’chirib qo’ya qolingan. Serialning ko’p tomoshabinli
ekanidan foydalanib uning orasida aslida hech kim ham ko’rmaydigan
reklamalarni namoyish etishyapti. Yaqinda ularning qatoridan kliplar ham
joy olsa aslo hayron qolamaymiz. Ustoz qiziqchi Xojiboy Tojiboyev
aytganidek:» Mazza qilib reklama tomosha qilayotganingda serial
qo’yvoradimiyey». Shu hafta serialning birinchi mavsumi nihoyasiga
yetib, bir necha hafta mobaynida «Mehmonxona» nomli yangi o’zbek milliy
seriali namoyish etilar ekan, zora reklamasi ham kamayib qolsa. Ha yana
aytgandek, ko’p sonli muxlislarning taklif va istaklarini inobatga olgan
holda tez kunlarda «Senga oshiqman» serialining bosh qahramon Ranveer,
asl ismi Shakti Arora bo’lgan aktyor ijodidan qiziq ma’lumotlarni
e’tiboringizga havola etamiz.