Sardor Rahimxonning tavallud ayyomiga eng ajoyib sovg'a
03.09.2013
4415
Serqirra ijodkor Sardor Rahimxon bugun 32 yoshni qarshi oldi. Ularga eng yaxshi va samimiy tilaklarni tilagan holda bugungi kun voqealari rivojiga nazar solamiz. Bugun Sardor Rahimxon tug'ilgan kunini Fan Club bilan birgalikda nishonladi. Fan club yigilishi va tug'ilgan kundan fotolavhalarni yaqin daqiqalarda taqdim etamiz. Endi esa ushbu tavallud ayyomga eng ajoyib sovg'a haqida xabar beramiz. Sardor Rahimxon bugun ikkinchi marta otalik baxtiga muyassar bo'ldi. Qiz farzand muborak bo'lsin deb ularni yana bir bora qutlaymiz. Endi tavallud ayyomni ota bola bir kunda nishonlaydigan bo'lishdi. Har qanday ota ona uchun eng zo'r va kutilmagan sovg'a desak mubolag'a bo'lmas. Sardor Rahimxon ilohim farzandingizni umri uzoq bo'lsin, ikkala qizingizni ham rohatini ko'rib yuring. Yana bir bora tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin.