У нас есть только
оригинальные песни

Sardor Milano “Novaya volna” tanlovi finaliga yo‘l oldi

calendar 09.04.2017
1492

Ommabop musiqa yosh ijrochilarining “Novaya volna” tanlovi yarim finali yakunlandi. Finalga yo‘l olganlar orasida “Glavnaya ssena” g‘olibi va “Golos” shousi finalchisi o‘zbekistonlik Sardor Milano ham bor, deya xabar beradi “1news.uz”.

U bilan birgalikda keyingi bosqichga chiqqanlar safida Syuzanna Melkoyan (Armaniston), Rustem Jugusov (Qozog‘iston), DoReDos guruhi (Moldova), Lilu (Vyetnam), Artyom Ivanov (Ukraina), Yekaterina Rishkova (Ruminiya) va boshqalar ham bor.

Tanlov 16 dan 35 yoshgacha bo‘lgan ijrochilar uchun mo‘ljallangan. Endi barcha ishtirokchilar belgilangan muddatda final uchun tayyorlangan repertuarlarini shakllantirishi lozim.

“Novaya volna” tanlovi finali 8—15-sentabr kunlari Sochida bo‘lib o‘tadi.