Samarqand shahrining ko'pgina mahallalarida 3 kundan buyon tabiiy gaz ta'minoti to'laligicha uzilib qolgan. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toshpo'lat Rahmatullaev ma'lumot berdi.
Aytilishicha, shahar gaz ta'minoti
korxonasiga tinimsiz ravishda mijozlar kelib, gaz talab qilmoqda. Lekin
gaz uzatilayotgan xonadonlarda ham u juda past bosim ostida kelmoqda.
Ta'kidlanishicha,
yoz oylarida ham ko'pgina mahallalarda tabiiy gaz yo'q edi. Ilgari qish
mavsumida gaz ta'minotida uzilishlar va muammolar kuzatilardi, endi esa
ozgina yomg'ir yog'ishining yozi ta'minotning uzilishiga olib keldi.
Shaharliklar bundan keyin nima bo'lishini bilmay xavotirda.
Shahar gaz ta'minoti korxonasi vakillarining ta'kidlashicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shaharga oldingi miqdorda gaz berilmoqda, ammo sarf ko'paygani bois bosim tushib ketgan. Ta'kidlanishicha, "O'ztransgaz”ga xat yuborilib, shahar va viloyatga uzatilayotgan gaz miqdorini oshirish so'ralgan. Viloyat miqyosida qaralsa, ko'pgina qishloq tumanlariga tabiiy gaz qishin-yozin uzatilmayapti.
"Fuqarolarning munosib yashash huquqi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan: inson va uning qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Bu haqda va yuqorida tilga olingan hujjat haqida "O'ztransgaz” AJ va uning mahalliy bo'linmalari biladimi?”, - deb maqolasini yakunlaydi jurnalist.