Rustam Sa’diyevning yangi filmi qanchalik talabga
javob bermoqda?
14-apreldan buyon yurtimizning ko’plab kinoteatrlarida
namoyish etilayotgan Rustam Sa’diyevning yangi filmlaridan biri "Sevgi balki,
bu jannat” haqida juda ko’plab kinomuhlislar fikrlar va izohlar bildirishmoqda.
Ba’zilari unday deydi, ba’zilari bunday, xullas bu har kimning o’z fikri,
avvalombor o’ziga havola. Har bir inson avvalo o’zi uchun to’g’ri. Shu boisdan
haqida batafsil bilish uchun shaxsan o’zim filmni tomosha qildim.
Film ikki yoshning o’rtasida umuman kutilmaganda
tasodifiy qandaydir oddiy voqealardan sevgi vujudga kelishi ko’rsatib berishga
harakat qilingan. Mulohaza qilishga shoshilmang, YANA SEVGIMI DEB… Film
voqealar rivojida nafaqat sevgi har qanday insonda bo’lishi bilan birga,
hozirgi yoshlarimiz uchun yaxshigina TARBIYAVIY G’OYA yashiringan. Albatta bu
aktyorlarning emas balki rejissor va ssenaristning YUTUG’I. Bu film voqealarining kutilmagan bir sensatsiya bilan davom etish
rejissorning naqadar mahoratini yana bir karra KO’RSATIB BERGAN. Ha bir narsa yodimdan chiqibdi, film bir
vaqti cho’zilib ketganligi tufayli, qirqilmasdan rejissor to’la shaklda xalqqa
taqdim etish maqsadida 2 ta qismga bo’lib, tomoshabinlarga havola qilishni
niyat qilgan. Filmni shuning uchun ham ko’plab tomoshabinlar biroz tushunmay
qolishlari TABIIY HOL.
Xullas film
voqealari haqida juda UZOOQ gapirish mumkin. Ha yana bir narsa film
premyerasidan avval Rustam Sa’diyev o’zining filmi haqida o’z fikrlarini
bildirib o’tganda biroz hayron qolgandim. Rejissor aniq nima degani esimda
yo’q-ku lekin, bu filmi uning barcha filmlarining ichida eng yaxshisiligini
alohida ta’kidlab o’tgandi. Balki Sa’diyev shuning uchun ham bu safar
oldingilaridan farqli o’laroq ATAYLAB shu filmini qisqartirmagandir... a )
” Ammo filmning 2-qismi barcha siz qidirgan savollarga
javob berishi aniq. Filmning davomini avgust oyiga rejalashtirilayoganligini
e’lon qilingandi. Demak kutamiz "Sevgi balki bu jannat” filmining davomi avgust
oylarida…
Bahodir Xikmatov