Gollandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida start olib, 21-yanvardan Amsterdamga ko‘chgan Tata Steel Masters turnirida amerikalik Fabiano Karuana peshqadamlik qilyapti. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
E’tiborga molik jihati shundaki, dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri bo‘lib turgan Karuanaga 17-jahon chempioni, o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov murabbiylik qila boshladi.
Amerikalik grossmeyster murabbiyini almashtirishga qaror qilgan va bu borada o‘ziga yangi ustoz sifatida Qosimjonovni tanlagan. Bu esa o‘z samarasini bera boshladi.