Frantsiya "Mistral” toifali ikkita vertolyot tashuvchi kemalar etkazib berish bo'yicha shartnomani bajarmaganligi bois Rossiyaga 900 mln evro miqdoridagi mablag'ni qaytarib berdi.
"Frantsiya Rossiyaga "Mistral”larning pulini qaytardi. Bu 900 mln evro miqdoridagi summadir. Shartnoma bekor qilingan vaqtda Rossiya "Mistral”lar uchun bevosita 800 mln evro to'lagan edi”, - dedi u agentlik muxbiri bilan suhbat chog'ida.
Uning so'zlariga qaraganda, tovon pulining umumiy miqdoriga K-52K palubali vertolyotni yaratish ishlariga, "Mistral”larni boshqaruvchi mutaxassislarni tayyorlashga sarflangan mablag'lar ham kiradi.
Shuningdek, amaldorning ta'kidlashicha, Rossiya Frantsiyaga kemalarni konkret xaridor nomi aytilmaguniga qadar uchinchi davlatga reeksport qilishga ruxsat bermagan.