Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Еvropa chempionatidagi g'oliblik uchun berilgan mukofot pulini xayriya maqsadida yo'naltirdi.
Xabar qilinishicha, futbolchi 275 ming evro miqdoridagi mablag'ni bolalardagi onkologik xastaliklarga qarshi kurashuvchi fond hisobiga o'tkazgan.
Qayd etilishicha, futbolchi Еvropa chempionlar ligasidagi g'oliblik uchun o'ziga to'langan bonus mablag'larni ham shu maqsadga yo'naltirgandi.