У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu Chempionlar ligasida yana bir rekord o'rnatdi

calendar 07.12.2017
1413

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi guruh bosqichining oxirgi turida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan va 3:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda urilgan gollardan biriga mualliflik qildi.

Shu tariqa, 32 yoshli bu futbolchi turnirning guruh bosqichidagi barcha 6 uchrashuvda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Ronaldu olti uchrashuvda 9 gol urdi. U APOELga 4, «Tottenhem»ga 2 va «Borussiya»ga 3 gol urgan.

Bundan tashqari, Ronalduning joriy kalendar yilida YeChL o'yinlarida urgan gollari soni 19taga yetdi.

Яндекс.Метрика