Reper 50 Cent bankrot bo‘lganligi haqida e’lon qildi
15.07.2015 2620
13-iyul kuni, 50 Cent taxallusi bilan mashhur bo‘lgan, reper Kyortis Jeyms Jekson III o‘zining bankrot bo‘lganligini e’lon qildi. Bu haqda "Tjournal.ru” xabar beradi. AQShning Konnektikut shtatidagi Xartford shahar sudiga berilgan arizaga ko‘ra, 50 Cent’ning 10 milliondan 50 million dollargacha qarzi bor. Reper besh million dollarni sudda 36 yoshli Lastoniya Levinstonga yutqazib qo‘yganidan so‘ng, uning iqtisodiy nochorligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi.