Xonanda Rayhon hozirda fevral oyida bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturiga katta tayyorgarlik ishlari bilan band. U konsert dasturi arafasida muxlislarini qalbaki taklifnomalar sotuvi borasida ogohlantirdi.
Xonanda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 27-dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyi xodimlari saroy yonida sotilayotgan qalbaki taklifnomalarni olib qo‘ygan.
Qayd etish joizki, bu kabi holat avvalgi yillarda ham kuzatilgan. Rayhon qalbaki taklifnoma suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirar ekan, taklifnomalar sotuvda yo‘qligi va bunday taklifnomalar bilan konsertga kirish man etilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Rayhonning “Istiqlol” san’at saroyidagi konsert dasturi 20—24-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.