Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Axborot texnologiyalari markazi” mutaxassislari tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan va takomillashtirilgan interaktiv minbar (smart podium) yaratildi va hozirgi kunda o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. Bu haqida loyiha mualliflari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ushbu minbar quyidagi imkoniyatlarga ega:
O‘qituvchi o‘quv-uslubiy majmualarini va virtual animatsion ko‘rgazmalarni komleks sifatli namoyish qiladi va o‘quv mashg‘ulotini to‘liq interaktiv tashkil etadi.
Ma’ruza auditoriyalarida barcha tinglovchilarga yetarli ovozda multimediali tizimda mashg‘ulotni tashkil etadi va h.k.z.