Abdurahim Mo'minov O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan FVV rasmiy saytidagi ma`lumotlar darak bermoqda.
Mo'minov O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bilan bog'liq masalalarni nazorat qiladi.
Shu bilan birga, Mo'minov aynan kimga o'rinbosarligi ma`lum emas — vazirlik saytida birinchi rahbar lavozimi bo'sh turibdi.
Eslatib o'tamiz, Abdurahim Mo'minov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O'zbekiston Respublikasi prezidentining Xavfsizlik xizmati boshlig'i edi.