У нас есть только
оригинальные песни

Plastik kartochka ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar muddati uzaytirildi

calendar 13.02.2017
1197

O‘zbekiston Prezidentining 2-fevraldagi qarori (pdf) bilan respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Xususan, hujjatga muvofiq, bank mikroprotsessorli plastik kartochkalarini va to‘lov terminallarini ishlab chiqaradigan korxonalarga ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo, butlovchi qismlar, dasturiy ta’minotni import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish ko‘rinishidagi bojxona imtiyozlari 2020-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

Bank mikroprotsessor plastik kartochkalari, to‘lov terminallari ishlab chiqaruvchilar, chakana to‘lov tizimlarining protsessing markazlari olib kirilayotgan xomashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallardan, dasturiy ta’minot vositalaridan hamda plastik kartochkalar, terminallar, bankomatlar, infokioskalar va boshqa uskunalar ishlab chiqarish uchun litsenziyalardan samarali va qat’iyan maqsadli foydalanishni hamda ana shular vositasida hisob-kitoblar amalga oshirilishini ta’minlash, kelgusida ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish topshirildi.

Markaziy bank va tijoriy banklarga O‘zbekiston Banklari uyushmasi bilan birgalikda quyidagi vazifalarni bajarish yuklatildi:

  • iste’mol ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni xarid qilish uchun plastik kartochkalardan foydalanish asosida turli xil kredit mahsulotlarini joriy etish;
  • plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda tatbiq etish amaliyotini kengaytirish;
  • samarali, zamonaviy va qulay to‘lov vositasi sifatida plastik kartochkalardan foydalanish afzalliklarini OAVlarda keng yoritishga yo‘naltirilgan tashkiliy tadbirlar o‘tkazish.
Яндекс.Метрика