Jahon futboli afsonasi Argentinalik Pele zamonaviy futbol olamidagi yulduzlar
haqidagi o'zining shaxsiy fikrlarini bildirib o'tdi.
Uning fikriga ko'ra, Argentinalik Lionel Messi "Real” etakchisi Portugaliyalik Krishtianu Ronaldudan ustunroq hisoblanadi.
"Messining uslubi menikiga yaqinroq. Shuning uchun oxirgi 10 yilda u
dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi. Jamoa uchun o'ynaydigan
Messidan farqli ravishda Krishtianu Ronaldu asosan hujumchi sifatida
harakat qiladi”, deydi Pele. U Messida 4 ta "Oltin to'p” borligini, Ronalduda esa bu mukofot uchta
ekaniga e'tiborni qaratgan.