У нас есть только
оригинальные песни

Parkent tumanida 370 ta beton to‘sinni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

calendar 07.03.2018
837

Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Zarkent-Jahongir” fermer xo‘jaligiga qarashli maydonga taxlab qo‘yilgan, bahosi 6 million 290 ming so‘m bo‘lgan 370 beton to‘sinlarni o‘g‘irlab ketildi, deb xabar berdi O‘zA.

 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar davomida ushbu jinoyatni hech qayerda ishlamaydigan, mazkur tumanda yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan S.Burhonov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) va 1997-yilda tug‘ilgan A.Jamolovlar sodir etganligi aniqlandi.

Aybdorlar qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respblikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Daliliy ashyo sifatida beton to‘sinlar egasiga qaytarildi.

Яндекс.Метрика