Qozog'iston poytaxti Ostonadan chiquvchi barcha yo'llar yopilgan, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz sayti respublika favqulodda holatlar qo'mitasi xabariga asoslangan holda.
"2017 yil 25 yanvar kuni ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli barcha yo'nalishlar bo'yicha avtotransport vositalarining barcha turlari uchun harakat taqiqlangan", - deyiladi qo'mita xabarida.
Shu bilan birga, favqulodda holatlar qo'mitasi izg'irin bo'lishidan ogohlantirish e`lon qilgan. 25 yanvardan 26 yanvarga o'tar kechasi, taxminlarga ko'ra Ostonada kuchli shamol yuz berishi kutilmoqda. Uning tezligi soniyasiga 15-20 metrni tashkil etishi mumkin.
Ob-havo sharoitlarining yomonlashuvi munosabati bilan Aqmola, Aqto'be, Kostanay va Pavlodar viloyatlarining respublika ahamiyatiga molik yo'llarida avtotransport harakatlari cheklangan.