Bilmadim.. Yoshingiz o'ttizdan o'tganida qalbingizga muxabbat kirib
keladigan davri bo'lar ekan.. Chidab bo'lmaydigan darajada. Bilmadim,
avval sevgi muxabbat aslida nima ekan deb o'ylamadim. Xayotda bir
insonni qalbdan sevsangizgina ertangi kuningizga ishonch paydo bo'lar
ekan. Xar bir o'tayotgan kuningizni, daqiqangizni qadrlay boshlar
ekansiz. Bu sevgimi, muxabbatmi aslida buni tushunib etishning o'zi xam
juda bir qiyin tuyuladi. Oilali bo'lganingizdan keyin, farzandlaringiz
oldingizda, ayolingiz bor uyingizda, bilmadim..
Xayotimga bir o'zgacha inson kirib keldi. Mendan oddiygina yordam
so'radi. Ota onasi yo'q, Mendan yordam berishimni so'radi. Beixtiyor
Ollox yo'lida deb bu insonga yordam qo'lini cho'zdim. O'zimda bor
imkoniyatdan foydalandim. Bo'sh uy joyimni berdim. Og'ir axvolda edi,
davolatdim. Sog'lig'iga qaradim. Uydan kelishmovchilik sabab chiqib
ketgan ekan, buvasini qo'lida qolgan. Mana bir yarim yildan beri shu
inson bilan yashayman. Menga moddiy taraflama xam boshqa taraflama xam
xech qanday ziyoni tegmaydi. O'zi ishlab pul topadi, xayot tarzi yaxshi,
begona inson bilan xech qanaqa munosabatda bo'lmaydi.
Bilmadim.. Ayol kishiga xamma narsani qilib bersangiz xam, xamma narsasi
bekamu ko'st bo'lgani bilan, yonida bo'lmasangiz unga alam qilarkan.
Endi tashlab ketish xam.. vijdoningiz ko'tarmaydi. Nima qilishni bilmay
qoldim.
Aslida o'ylanib qolar ekansiz, nima qilsa bo'ladi? Javobi yo'q
savollarga ko'milib ketasiz..
Kutilmagan xolatda yoningizdagi yaqin insoningizni. To'g'rirog'i
sevib qolganingizni keyin anglab etarkansiz. Xattoki, bilmadim..
uyimdagi ayolimdan xam mexrim unga boshqacha, beg'ubor, samimiy
tabassumga ega. Lekin xozirda nima qilishni o'zim bilmay qolganman.
Boshim qotgan.
U qiz bilan munosabatimni uzib tashlasam, ertaga uni xayoti nima
bo'ladi? Endigina 18 ga kirgan qiz. U manga bir so'zni doim takrorlab
aytadi, "Olloxdan so'ragandim, sizni berdi, Olloxga shukur”. Mana shu
muammo meni juda qiynamoqda.
Munosabatimizni butunlay uzib tashlashga uzimda qandaydir bardosh
topolmayapman. Lekin uni baxtsiz qilib qo'yishga qo'rqaman, ertaga
vijdon azobi insonni ezib tashlaydi. Nima qilishni bilmadim..
U uyda o'zi yakka yolg'iz yashaydi.. Payg'ambarimizga shunday bir
savol berishganida, shunday javob bergan ekanlar: "Davringizning olimu
ulamolari, ilmli shaxslari, imomu xatiblari nima deyishsa, siz
qalbingizga quloq tuting, qalbingiz xalol deb bilibdimi shu ishni,
bilingki siz uchun xalol” degan ekanlar. Bu yerda men xarom ish
qilmayapman, lekin ertangi kunni, kelajakni o'ylayapman. U inson bilan
o'zimni aqlim etmayapti ertaga farzandli bo'lib, umrimni oxirigacha
birga yashab ketishga. Uni nikoximga xam olganman, lekin bu xaqida xech
kim bilmaydi.
Menga xammangizning maslaxatingiz kerak.. Boshim qotgan.
(Muhlis Maktubi)
"Sirli Sirdosh" loyihasi. O'z muammo yoki ko'ngil kechinmalari bilan bo'lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
Maktublaringizni yoshlar.com@inbox.ru pochtasiga yuboring!