O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Og'abek Sobirov joriy yilning
28-29-30-31 may hamda 1 iyun kunlari poytaxtimizdagi muhtasham
"Istiqlol” san'at saroyida o'zining navbatdagi kontsert dasturini
muxlislariga taqdim etdi.
Og'abek Sobirov bundan o'n olti yil ilgari ilk bora o'zining jonli
ijrodagi kontsert dasturini havola etgan edi. Bu gal "Madhing kuylay
vatanim” nomli kontsert dasturi esa fonogrammadan foydalanilgan holda
taqdim etildi. 20 dan ortiq hit bo'lgan yangi qo'shiqlarini ijro etgan
xonanda sahna dekoratsiyasiga talabchanlik bilan yondashgan.
Og'abek Sobirovning jonli ijrodagi "Xorazmcha”, "Lazgi” qo'shiqlari
butun zaldagi besh minglik tomoshabinni raqsga chorladi.
Barcha kontsertni tomosha qilar ekan ham quvonch, ham ko'z yosh ham
jo'shqinlik bilan raqsga undovchi taronalardan bahramand bo'ldi. Bir
so'z bilan aytganda yig'ilgan muxlislar uchun kutilganidan ziyoda
kontsert dasturi tuhfa etildi.