“O‘zbeknavo”: Lola litsenziyasidan ayrilgach ham, tegishli xulosa chiqarmadi
03.08.2015 5342
Xonanda Lola litsenziyasidan ayrilgach ham, internetga ochiq-sochiq fotosuratlar joylashda davom etmoqda. "Ko‘ramiz, qayergacha borib yetarkan.
Lola ijodiy faoliyatini davom ettirmoqchi emasga o‘xshaydi. ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasi nafaqat Lola, balki litsenziyadan ayrilgan boshqa qo‘shiqchilarning omma oldidagi xatti-harakatlari va faoliyatini kuzatib boradi. Ijobiy natijalarga erishilmagunicha, litsenziyalar qaytarilmaydi”, — dedi birlashma boshqaruv rahbari Odiljon Abduqahhorov.
Birlashma vakili ta’kidlashicha, san’atkorlar uyda xohlagan kiyimini kiyishi mumkin, biroq jamoatchilik oldida milliy qadriyatlarga hurmatni saqlab qolishi kerak.