Nokia N1 plansheti Apple kompaniyasining iPad mini’si bilan bir xil, faqat u iOS emas, Android operatsion tizimida ishlaydi. Ushbu o‘xshashlikni alyumin korpus, 7,9 dyuym 2058×1536 pikselli displey, kamera, quloqchin, tugmalar o‘rnida ham uchratish mumkin.
Hatto Nokia N1 plansheti Apple mahsulotlarida ishlatiladigan ikki tomonidan ham foydalanish mumkin bo‘lgan USB-kabelga ega. Bu bilan esa Nokia N1 bunday USB-kabeldan foydalaniladigan ilk Android plansheti bo‘ldi.
N1 planshetining displeyi to‘liq laminatlangan, u 6,9 mm qalinlik va 318 gramm og‘irlikka ega, hamda unda Home — asosiy tugma boshqacha va Apple logotipi mavjud emas. Shu jihatlari bilan u Apple iPad mini 3 planshetidan farq qiladi deyish mumkin.
Ushbu planshetda 2,4 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Atom Z3580 protsessori, 2 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 5 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi o‘rnatilgan.
okia N1 plansheti keyingi yilning fevral oyidan Xitoyda 249 dollardan sotila boshlanadi. Shundan so‘ng esa Rossiya va Yevropa davlatlarida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda