У нас есть только
оригинальные песни

Namanganda aka-uka 15 yoshli o‘smirni o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘yib yubordi

calendar 05.03.2018
1270

Namangan shahrida 3-mart kuni soat 14:04 larda “Obihayot” mahallasi, Namongoniy ko‘chasida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan Ixtiyor Esonovning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Yong‘in oqibatida uyning 20 kvadrat metr maydonida shift qismi, uy-jihozlari yonib zarar ko‘rdi. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining 2003-yilda tug‘ilgan o‘g‘li jasadi boshi va tanasining turli joylariga urib, jarohat yetkazilgan hamda kuygan holda topildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumani, Nanay qishlog‘ida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan Muhammadsoli Rahimberdiyev va uning ukasi, 1997-yilda tug‘ilgan Muhammadiyor Rahimberdiyev sodir etgani aniqlandi.

Ularning qo‘lga olingani bildirilmoqda.

Яндекс.Метрика