2014 yilning 12 noyabrida texnik sinov efirini boshlagan va
avvaliga, eng sara musiqiy kliplarni efirga uzatgan, 12 dekabrdan esa
sinov efirining ikkinchi bosqichiga o'tgan "Mening yurtim” telekanali
yangi yil kecha ko'pchilikning xonadonida mehmon bo'ldi.
- "Mening yurtim” telekanali Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati
hududida raqamli formatda efirga uzatib kelinmoqda. Telekanal o'z
dasturlarini DVB-T (ingl. Digital Video Broadcasting — Terrestrial)
formatida uzatmoqda. Ushbu format raqamli televideniening evropa
standarti hisoblanib, DVB turkumiga kiruvchi standartlardan biridir.