Bugun ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan telegram kanallari orqali taniqli so'z ustasi Mirzabek Holmedovning o'limi haqidagi xabarlar tarqaldi. "Mirzabek Holmedov kutilmaganda yuz bergan yurak xuruji oqibatida bugun soat 16:50da kasalxonada hayotdan ko'z yumdi", deb yozilgan xabar matnida.
Kun.uz nashri Mirzabek Holmedovning oila a`zolari bilan bog'lanib, bu xabarning yolg'on ekanligini aniqladi. Ma`lum bo'lishicha, san`atkor hozirda ko'hna Samarqand shahrida gastrol safarida ekan. Mirzabek Holmedovning o'g'li Ulug'bek o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasi orqali ham bu xabarga munosabat bildirib, uning yolg'on ekanligini tasdiqladi.